Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

18:43 28 Sentyabr 2018 Hujjatlar
898 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori taʼlim tizimida ham keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu oʻzgarishlarning samarasi, yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallashi avvalo, ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bogʻliqdir.

Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qoʻyayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi boʻlgan farzandlarimizning munosib kamol topishida oʻqituvchi va murabbiylarimizning hissasi beqiyos ekanini taʼkidlash lozim.

Mamlakatimizda taʼlim va tarbiya tizimini davr talablari asosida takomillashtirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qoʻshgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi koʻp yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi”

Annakulova Nazokat Eshaliyevna - Termiz shahridagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Mamadaliyev Abbos Mamasoliyevich - Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi”

Karayeva Xabiba Bebitovna - Jondor tumanidagi 49-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Xodjayeva Maxtuma Ziyatovna - Uchtepa tumanidagi 287-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”

Radjabov Baxtiyor Sharipovich - Chirchiq davlat pedagogika institutining aniq fanlar kafedrasi professori, Toshkent viloyati

Seydametova Tamara Sultamuratovna - Shumanay tumanidagi 33-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Yuldasheva Gulchexraxon - Andijon tumanidagi “Gumbaz” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Andijon viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”

Ahmejanov Alim Achilovich - Yengil atletika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining yengil atletika boʻyicha murabbiyi

Yurtimizda taʼlim sohasini rivojlantirish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish, chuqur bilim va zamonaviy kasb-hunarga ega malakali kadrlarni tayyorlash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, mustaqil fikrlaydigan, iqtidorli, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Aleuov Userbay - Nukus davlat pedagogika institutining pedagogika kafedrasi professori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qurambayeva Maryam - Xonqa tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Xorazm viloyati

Mutalova Gulchexra Xamidovna - Piskent tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Urmonov Jaloliddin Rustamovich - Dangʻara tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abduazizova Zulfiya Xayrullayevna - Yangiobod tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Ashurov Nemat Abdujabbarovich - Payariq tumanidagi 62-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Genjebayeva Gulparshin Shaudirbayevna - Kegeyli tumanidagi 14-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Jumayeva Gulnora Boboqulovna - Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorakoʻl akademik litseyining matematika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Ismailov Tulavay Dustovich - Olmazor tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Kadirova Ravshanoy Ismailjanovna - Andijon shahridagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Qodirov Doʻstqobil Toʻrabayevich - Mehnat faxriysi, Surxondaryo viloyati

Madyarova Svetlana Aminovna - Toshkent davlat pedagogika universitetining umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti, Toshkent shahri

Muminova Maxpratxon Tursunovna - Uychi tumanidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika va informatika fanlari oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Ruzmetov Qadamboy Ollaberganovich - Qoʻshkoʻpir tumanidagi 10-bolalar musiqa va sanʼat maktabining afgʻon rubobi sinfi oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Saʼdullayeva Nigora Xayriyevna - Nurota tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Turgʻunova Xamidaxon Pozilovna - Fargʻona tumanidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Tursunova Qosima Maxkamovna - Boʻka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent viloyati

Uljabayev Umurzak - Guliston davlat universitetining oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, Sirdaryo viloyati

Xamdamov Utkir Mirzokarimovich - Shirin energetika va maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ergasheva Aykumush Xushvaktovna - Qarshi shahridagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Berdiyeva Nigara Kurbanovna - Jomboy tumanidagi 46-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Gasparyan Svetlana Surenovna - Yunusobod tumanidagi 246-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

Meliyev Xamidilla Abdullayevich - Jizzax davlat pedagogika institutining maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi professori, Jizzax viloyati

Raximkulova Mukaddam Xakimovna - Qarshi shahridagi 46-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati

Son Svetlana Mixaylovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1-Mehribonlik uyi direktori

Shaipov Rafik Mirxaydarovich - Gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sport akrobatikasi boʻyicha katta murabbiyi

“Doʻstlik” ordeni bilan

Butayev Ismayil Azimovich - Dehqonobod tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Jumaniyazov Atabay - Urganch davlat universitetining nemis va fransuz tillari kafedrasi professori, Xorazm viloyati

Kucharov Sharafidin Turapovich - Denov tumanidagi 54-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kuchkarova Zamira Akramaliyevna - Guliston tumanidagi 10-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati

Lyukshina Alevtina Nikolayevna - Sergeli tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Madreymova Ulpash Karinsauovna - Tomdi tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Navoiy viloyati

Muxitdinova Sanoatxon Kaxarovna - Mehnat faxriysi, Namangan viloyati

Otamuratov Shavkat Karimovich - Bogʻot tumanidagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Rafiyeva Olima Abduraufovna - Buxoro shahridagi 54-maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Buxoro viloyati

Ruziyeva Iroda Zubaydullayevna - Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Ten Svetlana Konstantinovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Tuychiyeva Xolidaxon Roʻziyevna - Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Andijon viloyati

Umarxodjayev Muxtar Ishanxodjayevich - Andijon davlat universitetining nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Andijon viloyati

Xodjalepesova Gulistan Xoldasovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ibrayim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

Xoshimova Mamlakat Muydinovna - Qoʻqon davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, Fargʻona viloyati

Sharipova Rabiya Xizriyevna - Gʻallaorol tumanidagi 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Yakubova Odinaxon Anvarovna - Margʻilon pedagogika kollejining pedagogika fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

“Shuhrat” medali bilan

Abdujabborova Muqaddas Yuldoshevna - Qashqadaryo viloyati Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

Abdullayeva Lyudmila Xadiyevna - Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati

Abduraximova Dilorom Olimjanovna - Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyi direktori, Namangan viloyati

Abduraxmonova Maxmudaxon Orifovna - Oʻzbekiston tumanidagi 9-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Fargʻona viloyati

Amonova Xurshida Abdukodirovna - Ohangaron tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Asanova Gulsara Sagindikovna - Chimboy tumanidagi 45-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Axmedov Baxadir Usmanovich - Sirdaryo tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ashurov Baxrom Abdumavlonovich - Jizzax viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks boʻyicha murabbiyi

Babaxanova Dilbar Shamirzayevna - Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyning biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Bayramtaganova Gulayim Saparbayevna - Toʻrtkoʻl tumanidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya va kimyo fanlari oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Bariyeva Mukaddam Isamutdinovna - Buxoro shahridagi 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Berdiyeva Iroda Shodmonovna - Shofirkon tumanidagi 38-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Boboqulova Gulnora Toʻrayevna - Sherobod tumanidagi 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Bozorova Gulbaxor Rayimovna - Kattaqoʻrgʻon pedagogika kollejining pedagogika va psixologiya fanlari oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Viskunova Olga Aleksandrovna - Shoʻrchi tumanidagi 2-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Surxondaryo viloyati

Davletyarov Baxadir Tulebayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining akademik eshkak eshish boʻyicha murabbiyi

Davronova Rayxon Davlatovna - Chiroqchi tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Dauletmuratova Klara Kurbanbayevna - Qoʻngʻirot sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Doʻstova Oyrajab Suyunovna - Qoʻshrabod tumanidagi 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Jalilova Barnoxon Raxmatovna - Boyovut tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ibragimova Muʼtabar Faxriyevna - Tayloq tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Isroilova Nilyufar Jalalovna - Chirchiq shahridagi 15-bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Toshkent viloyati

Kadirova Dilbar Normuminovna - Termiz davlat universitetining biologiya kafedrasi dotsenti, Surxondaryo viloyati

Kuvvatova Muxayyo Tulkinovna - Jizzax viloyati Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

Kultayeva Malika Nuraliyevna - Jarqoʻrgʻon tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kurbanova Zarifa Bokijanovna - Namangan davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Madaminov Maʼmirjon Abdumannabdjonovich - Xoʻjaobod tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Malikova Saodat Talipovna - Uchtepa tumanidagi 238-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

Maxmudova Gulbaxor Marufovna - Chust tumanidagi “Wonderkids school” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Namangan viloyati

Mirdadayeva Nargiza Mirsidikovna - Shayxontohur tumanidagi 157-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich - Sport yakka kurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining ogʻir atletika boʻyicha murabbiyi

Morozova Vladislava Anvarovna - Quvasoy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Mullayeva Ziyodaoy Maxmudovna - Xatirchi tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Muxamedova Dilfuza Batirovna - Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Nosirov Isroil Maxmudovich - Parkent tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Pes Alyona Yuryevna - Gʻuzor tumanidagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Polvonova Munavarxon Akramovna - Rishton tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Pulatova Ziyoda Tursunovna - Andijon tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Ravshanova Dilfuza Rayemqulovna - Samarqand shahridagi “Timur-Fayz” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Samarqand viloyati

Razikova Xosiyat Kaxramonovna - Narpay tumanidagi 64-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Rasulova Nuriya Xalimovna - Koson tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Rasulova Sayyora Xolbekovna - Arnasoy tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Raximov Abduxoshim Abdukarimovich - Oʻzbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Rahmatullayeva Mohira Turdaliyevna - Oqqoʻrgʻon qurilish va kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Rozimova Gulxumar Xadjiyevna - Beruniy tumanidagi 50-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Samanova Raʼno Daniyorovna - Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Sattarova Adinaxon Mamadaliyevna - Boʻz tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Siddiqova Sadoqat Gʻafforovna - Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Talipova Farida Tishabayevna - Toshkent shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun 2-internat uyi enagasi

Turdibekova Zamira Xametovna - Bekobod shahridagi 5-maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Toshkent viloyati

Turdiyeva Zilola Abdullayevna - Oltinsoy tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Tursunkulova Moxira Qudratovna - Mirzaobod tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Urinova Roba Solijanovna - Namangan shahridagi 60-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Usmonov Shuhrat Ziyodillayevich - Navbahor tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabining mehnat taʼlimi fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Xayitov Zafar Uzakovich - Navoiy davlat pedagogika institutining milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi mudiri, Navoiy viloyati

Xamrakulov Rustam Shamshiyevich - Chilonzor tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgarak rahbari, Toshkent shahri

Xodjayeva Dilafroʻz Izatilloyevna - Buxoro davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Hazratqulova Muborak Rajabovna - Kasbi tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Shadiyev Rizamat Davranovich - Qarshi davlat universitetining maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Sherov Abdurazoq Abdufatoyevich - Soʻx tumanidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Shodiyeva Dilfuza Ibragimovna - Bektemir tumanidagi 293-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Egamberdiyev Atabek Roʻzimovich - Hazorasp tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Ergasheva Dilfuza Tojiboyevna - Fargʻona shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi enagasi, Fargʻona viloyati

Yuldasheva Shoxida Baxtiyarovna - Toshkent tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Yusupov Abdumutalib - Andijon qurilish va transport kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Yusupova Viktoriya Viktorovna - Xiva shahridagi “Bolalar shaharchasi” tarbiyachisi, Xorazm viloyati

Yusupova Shahlo Sharifovna - Qiziltepa tumanidagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018 yil 28 sentyabr


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?