Oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga tushdi

10:07 16 Oktyabr 2019 Jamiyat
59 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti matematika kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi J.U. fuqaro X.Ya.ni Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutiga qoʻshimcha kontrakt asosida oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga, 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan J.U.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilanjinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?