O‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

10:36 23 May 2018 Jamiyat
457 0
Foto: Uz24.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oliy o‘quv yurtiga kiritib qo‘yish sharti bilan pora olgan shaxslar qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani markaziy poliklinikasi "Narkologiya” bo‘limi hamshirasi R. va Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi S. fuqaro Z.ni mazkur universitetning jismoniy tarbiya fakulteti kunduzgi ta’lim bo‘limiga Toshkent shahridagi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan undan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?