Oqdaryoda boshqaruv vaqtida uxlab qolgan haydovchi sodir etgan YTHda 2 nafar yoʻlovchi halok boʻldi

13:33 14 Sentyabr 2020 Jamiyat
194 0

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 13-sentyabr kuni soat 02:30 larda, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, A.Temur MFY hududidan oʻtgan M-37 avtomobil yoʻlining 37-kilometrida, haydovchi, 1989-yilda tugʻilgan B.A. «Lasetti» rusumli avtomobilida «Buxoro — Samarqand» yoʻnalishida harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida, oʻzi bilan bir yoʻnalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1966-yilda tugʻilgan Oʻ.Sh. boshqaruvidagi “PAZ-742” rusumli transport vositasining orqa tomoniga borib urilgan.

Natijada, «Lasetti» rusumli avtomobil yoʻlovchilari 49 yoshli A.A. va 55 yoshli B.J.lar ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, ushbu avtomobil haydovchisi 31 yoshli B.A. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur YTH yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?