Oqdaryo tumanida uch nafar xodim ish joyida pichoqlab ketilgani yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

13:53 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
44 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 6-sentyabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tuman hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimiga nomaʼlum shaxs kelib uch nafar xodimni kuppa-kunduz kuni ishlab turgan joyida pichoqlagan, degan xabar tarqaldi. Ushbu holat boʻyicha Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi quyidagicha maʼlumot berdi:

Toʻplangan hujjatlarga koʻra, 2019-yil 6-sentyabr kuni soat 18:00 larda Oqdaryo tumanida A.B. spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda tuman “Agrobank” binosiga kelib, hech bir sababsiz janjal chiqarib, yonida boʻlgan yigʻma pichoq bilan bank xodimlari N.Sh., U.H. va Qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi R.J.larni urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda binoda xizmat olib borayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan bir dona yigʻma pichoq daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.B.ga nisbatan 06.09.2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tan jarohati olgan uch nafar fuqarolarga nisbatan shu kuni sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

2019-yil 7-sentyabr kuni A.B. jinoyat ishiga JKning 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, shu kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?