OO‘-2018. Darya Latisheva O‘zbekiston terma jamoasiga yana bir medal keltirdi

11:37 20 Avgust 2018 Sport
421 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobi yana bir medal bilan boyidi.

Ushu sport turining Taulu yo‘nalishida ishtirok etayotgan Darya Latisheva 19 avgust kuni saralash bahslarida uchinchi natijani qayd etib, finalga chiqqandi. U bugun 12 nafar sportchi ichida ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston ushu sportida Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ilk medal bo‘ldi.

Darya Latisheva 2016 yilgi jahon chempionati oltin medali sohibi hisoblanadi.

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi medallari sonini 4taga (1-1-2) yetkazgan va umumiy reytingda Qozog‘iston bilan 6-7 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?