Ona oʻgʻlini pullamoqchi boʻldi, ammo...

14:10 11 Fevral 2019 Jamiyat
179 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi ONLINE”. Temur Eshboyev/Navoiy. Karmana tumanida 30 yoshli ayol oʻzining 2,5 yoshdan oshgan oʻgʻlini sotayotganda qoʻlga olindi.

Asli Xatirchi tumanining Chechakota mahallasida yashovchi mazkur ayol 2016 yil 26 iyunda tugʻilgan oʻz oʻgʻlini Karmana tumanida shartli mijozga 8 million 800 ming soʻmga sotayotgan paytda viloyat IIB va DXX boshqarmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Ayni paytda oʻz farzandini pullamoqchi boʻlgan onaga nisbatan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?