Ona avtomobilni daryoga haydab, oʻzi va ikki farzandini halok qildi

13:35 19 Iyun 2019 Jamiyat
438 0

Kuni kecha AQSHning Michigan shtatida yashovchi 44 yoshli ayol oʻzi boshqarib ketayotgan avtomobilni Kalamazu daryosiga haydab, choʻktirib yuborgan. Oqibatda haydovchidan tashqari mashina salonidagi uning 9 yoshli ikki egizak qizi ham halok boʻlgan. Bu haqda usa.one. manbasi xabar berdi.

Politsiyaning ushbu fojia boʻyicha dastlabki taxmini shunday.

Hammasi huquq-tartibot organlariga uch kishining bedarak yoʻqolgani haqidagi xabardan soʻng boshlandi.

Keyin esa politsiya xodimlariga choʻkayotgan mashinada ona va uning ikki nafar 9 yoshli egizagi boʻlgani haqidagi maʼlumot kelib tushgan.

Qutqaruvchilar va gʻavvoslar avtomobilni chiqarib olishgan va undan ayol hamda bir bolaning, kecha ertalab esa ikkinchi qizning jasadi topilgan.

Kalamazu jamoatchilik xavfsizligi departamenti boshligʻi Kariann Tomas qurbonlarning ismi-sharifi barcha protseduralar yakuniga yetmagunga qadar oshkor etilmasligini aytgan.

Uning qoʻshimcha qilishicha, politsiya ayol kishi mashinasini daryoga qasddan yoʻnaltirgan deb hisoblamoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?