Oʻn bir yillik tanaffusdan soʻng Ronaldu yana Angliyaga qaytishi mumkin 

22:53 16 Iyun 2020 Sport
431 0

Foto: AP

Italiyaning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaning “Chelsi” jamoasi oʻtishi mumkin.

“Marca” nashrining yozishicha, ingliz klubi portugaliyalik hujumchi uchun 120 million yevro taklif qilgan.

Krishtianu Ronaldu 2003 — 2009-yillarda Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sharafini himoya qilgan. U jamoa tarkibida 196 oʻyinda maydonga tushib, 84 gol muallifi boʻlgan.

2009-yilda esa “Real Madrid” (Ispaniya)ga oʻtdi va 2018-yilning yoziga qadar jamoa sharafini himoya qildi. Ronaldu “Real Madrid” safida 292 urashuvda maydonga tushib 311 ta gol muallifi boʻlgan.

Hujumchini 2018-yilning yozida 117 million yevro evaziga «Yuventus» sotib oldi. U Italiya chempionatining joriy mavsumida 22 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 21 ta gol kiritgan. Futbolchining «Yuventus» jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha moʻljallangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?