Omonulla Madayev: Til millatning maʼnaviy boyligi, gʻururidir

14:06 23 Oktyabr 2018 Madaniyat
886 0
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”

Har yili 21 oktyabr yurtimizda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ham ana shu sana munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”

Unda yurtimizda yoshlarni istiqlol gʻoyalariga sadoqat, ona tiliga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

— Til millatning maʼnaviy boyligi, gʻururidir, — deydi adabiyotshunos olim Omonulla Madayev. — Ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz kerak. Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tilimizning naqadar goʻzal, boy til ekanini isbotlab bergan. Ulugʻ bobokalonimizning ijod namunalari orqali biz oʻz tilimizning jozibador ekanini teran his qilamiz. Ustoz sifatida yoshlarga ham shular haqida gapirib, ularni tilimizni ardoqlashga undaymiz. Bu juda muhim.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”

Tadbirda talabalar ona tilimizni ulugʻlovchi eng sara sheʼrlar, Navoiy gʻazallaridan namunalar oʻqishdi.
Anjuman soʻngida til haqida yozilgan eng yaxshi maqolalarning mualliflari taqdirlandi.
Shahribonu Imomova.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?