Oltinkoʻlliklarga 15 mingta joʻja tarqatildi

22:41 01 Iyun 2020 Iqtisodiyot
195 0

Andijon viloyatida aholi turmush darajasini yuksaltirish maqsadida olib borilayotgan ishlar koʻlami ortmoqda. Jumladan, Oltinkoʻl tumanida aholini yetti xazinaning biri boʻlmish tovuq parvarishiga jalb etish ishlari boshlab yuborildi.

—Aslini olganda hamqishloqlarimiz uy hayvonlari va parrandalari parvarishi borasida yetarli tajribaga ega,-deydi tuman hokimining oʻrinbosari Faxriddin Parpiyev. –Shunday boʻlishiga qaramay, broyler joʻjalarini parvarishlab, daromad olish sirlari oʻrgatilmoqda.

Ayni paytda “Robiya nurli istiqboli” fermer xoʻjaligi tomonidan aholiga 15 ming dona joʻja yetkazib berildi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?