Oltin tangalar 100 mingga, kumush tangalar 5 ming soʻmga qimmatlashdi

10:13 13 Mart 2019 Iqtisodiyot
325 0

Markaziy bank esdalik tangalarning 2019 yil 13 martdan amalda boʻladigan narxlarini belgiladi.

Unga koʻra: 
1 ta oltin tanga narxi – 13 500 000 soʻm; 
1 ta kumush tanga narxi – 258 000 soʻmni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, esdalik tangalarning har birini ogʻirligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qoʻyilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda ogʻirligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish yoʻlga qoʻyildi.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?