“Oltin ildiz” umrni uzaytiradimi?

17:35 28 Avgust 2019 Jamiyat
112 0

Maxtab Jafariy boshchiligidagi kaliforniyalik olimlar Oltoy togʻlarida oʻsuvchi “Sibir dorivor oʻsimligi”ga qiziqib qoldi. Bu haqda Rossiya tibbiyot fanlar akademiyasi maʼlum qildi.

Gap xalq tabobatida “oltin ildiz” nomi bilan tanilgan qizil radiola haqida ketyapti. 

Oltoyning tub aholisi moʻjizalar sodir etgan “Sibir jensheni”ni hamon yuksak darajada qadrlab kelishadi. 40-yillarda olimlar ushbu oʻsimlikning sportchilarga, keyinchalik kosmonavtlarga foydali taʼsirini faol oʻrganishgandi. Mazkur “yumshoq stimul beruvchi vosita” organizmda serotonin – “xursandchilik gormoni” ishlab chiqarilishini koʻpaytiradi. Rossiyalik olimlarning fikricha, bu hayotni kamida yarim asrga uzaytirar ekan. Rossiya tibbiyot fanlar akademiyasi akademigi Valentin Pokrovskiy 1997-yilda xuddi shunday olamshumul kashfiyot qilgan edi.

Amerikaliklar ham ushbu oʻtdan tayyorlangan damlama qabul qilinganda, hayot davomiyligi 24 foiz oshganidan hayratga tushishgan. Toʻgʻri, tajribalar faqat drozofila pashshalarida oʻtkazilgan. Professor Jafariyning qayd etishicha, u bunday holatni umuman koʻrmagan.

U radiola hozircha inson umrini uzaytirishi boʻyicha isbot yoʻqligini taʼkidlagan boʻlsa-da, ushbu oʻsimlik qarishga qarshi tadqiqotlar uchun eng istiqbolli “nomzod” ekanligini qoʻshimcha qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?