“Oltin humo” qanot yoymoqda

15:57 21 Yanvar 2019 Madaniyat
959 0

Foto: “Oʻzbekkino” MAK matbuot xizmati.

2019 yilning 10 aprel kuni “Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” NNT, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, “Milliy” telekanali hamkorligida “Oltin humo” kinotaqdimoti boʻlib oʻtadi.

Kinotaqdimot doirasida matbuot anjumani, davra suhbatlari, ijodiy, malaka almashish boʻyicha uchrashuvlar tashkil etiladi.

Ushbu anjumanni an’anaviy tarzda har yili ijodiy ishlarning yillik sarhisobiga muvofiq, 10 aprel kuni oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Kinotaqdimot gʻoliblari quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanadi.

  • “Oʻzbek kinematografiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” “OLTIN HUMO” maxsus mukofoti
  • “Eng yaxshi hujjatli film”;
  • “Eng yaxshi animatsion film”;
  • “Eng yaxshi grafika ishi”;
  • “Eng yaxshi ovoz rejissyori”;
  • “Eng yaxshi montaj ishi”;
  • “Eng yaxshi grim rassomi”;
  • “Eng yaxshi liboslar boʻyicha rassom ishi”;
  • “Eng yaxshi rassom ishi”;
  • “Eng yaxshi kino bastakori”;
  • “Tomoshabinlar mehrini qozongan film”;
  • “Eng yaxshi operatorlik ishi”;
  • “Eng yaxshi ssenariy”;
  • “Eng yaxshi rejissyorlik ishi”;
  • “Eng yaxshi erkak roli uchun”;
  • “Eng yaxshi ayol roli uchun”;
  • “Eng yaxshi film”.

Oʻzbek “Oskar”iga aylanishi kutilayotgan “Oltin humo”ga kelgusida bardavomlik, bir paytlar kino sohasida berilgan shu kabi sovrinlar singari “bir martalik” boʻlib qolmasligini tilaymiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?