“Oltin Humo” ning navbatdagi gʻoliblari kim?

22:39 10 Aprel 2019 Jamiyat
251 0

Kinotaqdimot mobaynida aktyor va xususiy film suhbati aks etgan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Tomoshabinlar koʻz oldida aktyor va xususiy filmning qiziqarli suhbati jonli gavdalandi va mehmonlar olqishiga sazovor boʻldi.

Anvar Fayzullayev ”Eng yaxshi ovoz rejissyori” (”Tinchlik ortida” filmidagi ishi uchun), Valentina Abdurazzoqova ”Eng yaxshi grim rassomi” (”Islomxoʻja” filmidagi uchun), Qudratilla Dadajonov ”Eng yaxshi montaj ishi” (”Issiq non” filmidagi ishi uchun) gʻolib deb topildi.

- Filmda eng muhim jihat bu tasvir va ovoz uygʻunligi hisoblanadi. - deydi A. Fayzullayev. - Shuncha kuchli film ijodkorlari ichida gʻolib deya eʼtirof etilish xayolimga kelmagan edi. Men ”Bayram” studiyasida faoliyat yuritaman. Kelgusida yana toʻrtta film uchun ovoz yozamiz. Bu mukofot barcha jamoadoshlar mehnatiga berilgan ragʻbat deb bilaman.

Taqdimot davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?