“Oltin humo” milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 60 ga yaqin filmlarni koʻrib chiqmoqda

09:55 07 Mart 2019 Madaniyat
438 0

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Oltin humo” milliy kinotaqdimotining saralash bosqichi davom etmoqda. Taqdimotning saralash bosqichiga 60 ga yaqin filmlar kelib tushgan. Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.

“Oltin humo” milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 30 ta badiiy, 20 ta hujjatli hamda 4 ta animatsion filmlarni koʻrib chiqmoqda.

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qoʻmitasida quyidagi badiiy filmlar koʻrib chiqilmoqda.

“Elparvar”, “Oʻqilmagan xat”, “Asal oyi”, “Tinchlik ortida”, “Islomxoʻja”, “Vasiyat”, “Kulba”, “Maqsad”, “Qotillar oʻyini”, “Qora zarba”, “Hayot”, “Hamroh”, “Boy boʻlma, sahiy boʻl”, “Temir musht”, “Goʻdak nolasi”, “Jannat qaydasan”, “Ota uy”, “Sarvqomat dilbarim”, “Berlin-Oqqoʻrgʻon”, “Sabot”, “Issiq non”, “Arslon izidan”, “Millioner kelin”, “Namaste, muhabbat”, “Sevgimiz uchun”, “Xon qizi”, “Qaysarginam”, “Qaysarginam 2”, “Amiran”, “Nazira”.

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qoʻmitasida quyidagi hujjatli filmlar koʻrib chiqilmoqda.

“Baliqchi”, “Bir uyadan uchgan qironlar”, “Moʻynoq doʻstlik oʻlkasi”, “Oʻtmishimiz koʻzgusi”, “Komiljon Otaniyozov”, “Abay soʻzi”, “Haqiqat qoʻshigʻi”, “Said Rizo Alizoda”, “Keyingi bekat”, “Xoʻja Ahror Valiy”, “Ikki elning suyukli farzandi”, “Xoʻjayi jahon Abduholiq Gʻijduvoniy”, “Xoʻja Bahovuddin Naqshband”, “Qadimgi Buxoro”, “Hasanboy Doʻsmatov”, “Ona yurtning bagʻridan zuvolasi”, “Yagona osmon ostida”, “Goʻzallik shaydosi”, “Haqiqat qilichi”.

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qoʻmitasida quyidagi animatsion filmlar koʻrib chiqilmoqda.

“Hayot daryosi”, “Dovyurak oshpaz”, “Gʻildirakli uy”, “Avto sarguzashtlar”.

“Oltin humo” milliy kinotaqdimoti saralash komissiyasi aʼzolari quyidagilardan iborat. 

Saralash komissiyasi raisi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Matyoqub Matchonov, aʼzolar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Hoshim Arslonov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Ayyub Shahobiddinov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Bahodir Odilov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kinooperator Hamidulla Hasanov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi multimedia markazi rahbari, kinoprodyuser Avaz Tojixonov, kinorejissyor, ssenarist Jasur Isʼhoqovlardan tashkil topgan.

Taqdirlash marosimi 2019 yilning 10 aprel kuni Toshkent shahrida, “Turkiston” saroyida boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?