”Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti oʻz ishini boshladi

18:35 10 Aprel 2019 Madaniyat
300 0

Taqdirlash marosimiga ustoz rejissyorlar, aktyorlar, shuningdek, yosh sanʼatkorlar, turli tashkilot vakillari tashrif buyurmoqda.

- Men ushbu ”Oltin Humo”ni butun dunyoga chiqishini tilayman. - deydi Yodgor Saʼdiyev, taniqli aktyor. - Dunyodagi eng katta kino mukofoti ”Oskar” boʻladigan boʻlsa, undagi nominantlar ”Oltin Xumo” ni qoʻlga kiritgan gʻoliblar boʻlsin deyman.

Kinotaqdimotga mustaqil kino ijodkorlari, yosh aktyor va rejissyorlar nomzodlari ham qoʻyilgan. Gʻoliblar esa sanoqli daqiqalardan soʻng eʼlon qilinadi.

- Ushbu milliy mukofotga ”Qotillar oʻyini” badiiy filmimiz nominatsiyaga qoʻyilgan. - deydi Shavkat Komilov, yosh rejissyor va aktyor. - Bundan men albatta xursandman. Boisi yosh aktyor va rejissyor sifatida ustozlar eʼtibori va eʼtirofi menga yanada koʻproq ijod qilishga, yangi gʻoyalar izlashga turtki beradi deb ayta olaman.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?