“Oltin humo” kino taqdimoti: ilk parvozga sanoqli daqiqalar qoldi

16:08 10 Aprel 2019 Jamiyat
193 0

Illyustrativ foto

Bugun “Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” NNT, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, “Milliy” telekanal hamkorligida uyushtirilayotgan “Oltin humo” kino taqdimotini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.

Anjumanda kinoijodkorlar “Oʻzbek kinematografiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” “OLTIN HUMO” maxsus mukofotini, “Eng yaxshi hujjatli film”, “Eng yaxshi animatsion film”, “Eng yaxshi grafika ishi”, “Eng yaxshi ovoz rejissyori”, “Eng yaxshi montaj ishi”, “Eng yaxshi grim rassomi”, “Eng yaxshi liboslar boʻyicha rassom ishi”, “Eng yaxshi rassom ishi”, “Eng yaxshi kino bastakori”,“Tomoshabinlar mehrini qozongan film”, “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi ssenariy”, “Eng yaxshi rejissyorlik ishi”, “Eng yaxshi erkak roli uchun”, “Eng yaxshi ayol roli uchun”, “Eng yaxshi film” singari nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanishi koʻzda tutilgan. Mutaxassislarning fikricha, kelgusida mazkur tanlov oʻzbek kinematografiyasining milliy “Oskar” mukofotiga aylanishi kutilyapti.

“Oltin humo” kino taqdimoti bugun “Turkiston” sanʼat saroyida soat 18.00 da boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?