Oltiariqda yuz bergan YTH natijasida ikki kishi vafot etdi

16:41 14 Avgust 2019 Jamiyat
66 0

2019-yil 13-avgust kuni soat 04:00 larda Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Yangiariq” MFYda yashagan 28 yoshli A.A. oʻzining “Lasetti” rusumli avtomashinasini Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidagi “Xonimqoʻrgʻon” QFY hududidan oʻtuvchi “Toshkent-Termiz” yoʻlida haydab ketayotib shu yoʻnalishda, oʻzidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi “KamAZ-5410” rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi A.A. va yoʻlovchisi Fargʻona shahrida yashagan 35 yoshli J.Yu. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

“Lasetti”dagi qolgan ikki nafar yoʻlovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?