Oltiariqda tadbirkor nogironligi bor 100 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minladi (Foto)

15:32 18 Iyun 2018 Iqtisodiyot
616 0
Foto: “Xalq so‘zi”

“Obod qishloq” dasturi doirasida Oltiariq tumani Sharq mahallasida “Imona Atlas” trikotaj-tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi. Viloyatdagi muxbirimiz Elyorjon Ehsonovning ma’lum qilishicha, tadbirkor Sabriniso Vahobovaning sa’y-harakatlari bilan ochilgan korxonaga kam ta’minlangan, nogironligi bor 100 nafar xotin-qiz jalb etildi. Hozir ular tomonidan kasanachilik asosida etak, choyshab va maxsus qo‘lqop kabi 6 xildan ziyod mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Foto: “Xalq so‘zi”

“Ikki yil ilgari nogironligi bor o‘quvchilarga mo‘ljallangan maxsus kollejni tikuvchilik bo‘yicha tamomladim. O‘tgan davrda ish topolmay qiynaldim. Ota-onamga yordam bersam, deyman. Niyatim “Imona Atlas” tufayli ro‘yobga chiqadigan bo‘ldi”, - deydi Quvurboshi mahallasida yashovchi Odinaxon Rahmonova.

Foto: “Xalq so‘zi”

Umuman, Oltiariq tumanidagi Qapchug‘ay, Poloson, Tinchlik qishloqlari va ulardagi 10 ta mahalla mazkur dastur asosida obod va so‘lim maskanlarga aylantirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?