Oltiariq tumanida 12 tonna koʻmir mahsulotlarini olib, pulini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi

20:35 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
225 0

8-sentyabr kuni fuqaro M.I. T.V.ning ishonchiga kirib, umumiy narxi 16.200.000 soʻmlik 12 tonna koʻmir mahsulotlarini sotib olishga kelishib, pullarini berishligini aytib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan koʻmir mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?