Olti oyda salkam 900 mlrd so‘mlik qarzdorlik undirildi, 337 mlrd so‘mlik mol-mulklar xatlandi

11:07 27 Iyul 2018 Jamiyat
170 0
Illyustrativ foto

Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda joriy yilning olti oyida 1,4 trln. so‘m miqdoridagi soliq qarziga ega 54657 ta obyektda tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda Oliy sud, Markaziy bank mutasaddilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, xatlov jarayonida 31751 ta obyektdan 892,4 mlrd.so‘m mablag‘ undirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16886 taga yoki 395,3 mlrd.so‘mga ko‘pdir.

5922 ta qarzdorning 337,7 mlrd. so‘m qiymatdagi mol-mulklari, shundan, 1019 ta bino va inshoot, 1280 ta transport vositalari va 9701 ta boshqa turdagi mulklar xatlandi. Ushbu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning shu davriga qaraganda, 3578 taga yoki 117,3 mlrd. so‘mga ko‘p.

Bundan tashqari, soliq qarzini keskin qisqartirish maqsadida joriy yilning ikkinchi yarim yilligida byuro bilan birgalikda 1,1 trln.so‘m soliq qarzini sud hujjatlari asosida undirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?