Olti oyda qayd etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan — Ichki ishlar vaziri

17:55 07 Avgust 2020 Jamiyat
250 0

Illyustrativ surat

Oltinchi yalpi majlis kun tartibi doirasida Ichki ishlar vazirining Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2020-yil 6 oyi yakuni boʻyicha jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish holati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.

Ichki ishlar vazirining maʼlum qilishicha, 2020-yilning 6 oyi davomida qayd etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi (71 tasi, 35%), ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 76 tasi (20,5%) oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.

Shu bilan birga, oilaviy nizolarga oʻz vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 5 940 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati yaʼni 52,6 foizi (3 123 tasi) Toshkent, Buxoro, Navoiy va Fargʻona viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Oila-turmush doirasida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning 2 776 nafariga “himoya orderi” berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?