Olmazorda urush qatnashchilariga ehtirom koʻrsatildi

17:53 10 May 2019 Jamiyat
211 0

Poytaxtimizning Olmazor tumanida Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida River park soy boʻyi sayilgohi tashkil etildi. Oʻzgacha koʻrinishli bogʻ 2 kilometrdan ortiq masofani qamrab olgan boʻlib, unda turli davlatlardagi tarixiy yodgorliklari (Eyfel minorasi, Misr ehromlari, qulayotgan minora, Big ben soati, Minorai kalon va boshqalar)ning kichraytirilgan maketlari barpo etilgan.

Yangi ochilgan ushbu sayilgohda 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan general Sobir Rahimov haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda mudofaa vazirligi, Olmazor tuman hokimligi xodimlari, bir necha harbiy okrug, soliq inspeksiyasi va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida tumanda istiqomat qilayotgan nuroniylar, 13 nafar urush qatnashchilari soʻzga chiqib, urush davrlaridagi xotiralari haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, milliy gvardiya kursantlari harbiy chiqishlar namoyish etdi.

Yulduz OʻRMONOVA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?