Olmazor tumanida “Tadbirkorlik markazlari” tashkil etiladi

11:47 21 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
827 0

Toshkent shahrining Olmazor tumani mahallalarida “Tadbirkorlik markazlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Olmazor tumanining 10 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida tajriba tariqasida tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida “Tadbirkorlik markazlari” tashkil etildi.

Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • uyma-uy yurib tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagi boʻlgan shaxslarn aniqlash va ularga koʻmaklashish;
  • faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlarga Markazlar binosidan, yoshlar tadbirkorlik klasterlari binolaridan joy ajratishga koʻmaklashish;
  • davlat mulki obyektlarini “nol” qiymatida xarid qilish boʻyicha maslahatlar va amaliy yordam berish;

“Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish orqali soliqlar va boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanishda va imtiyozli kreditlar olishda amaliy yordam koʻrsatish.

Qarorga koʻra, 2019 yil 1 yanvarga qadar Markazlar faoliyatining samaradorligini tahlil qilgan holda, Olmazor tumanining boshqa mahalla fuqarolar yigʻinlarida ham Markazlar tashkil etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?