Olmaota ko‘chalarida o‘zbek avtobuslari yo‘lovchilarni tashimoqda

12:42 14 Avgust 2018 Dunyo
489 0
Foto: Olmaota shahar hokimligi

Qozog‘istonda transport islohotlari doirasida Olmaota shahrida jamoatchilik transporti vositalarini yangilash davom etmoqda. Bu haqda shahar hokimligi o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, ayni paytda mazkur shahar avtoparkida 1560 ta avtobus bor. Yil oxirigacha esa hududda jamoatchilik transporti 80 foiz yangilanishi kutilmoqda.

Xususan, “Duman Trans” kompaniyasi tomonidan Olmaota shahridagi 17-yo‘nalishga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 15 dona “Isuzu” avtobusi qo‘yildi. “Oljas LTD” kompaniyasi ham shaharning 62-yo‘nalishi uchun xuddi shu rusumdagi avtobuslarni xarid qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?