Olmaliqda yoshlar oʻrtasida intellektual bellashuv tashkil etildi

11:11 21 Dekabr 2018 Jamiyat
518 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Olmaliqda “Zakovat“ intellektual tanlovi boʻyicha “Yoshlar ittifoqi kubogi“ uchun festival oʻyini boʻlib oʻtdi. 

Unda kombinatning barcha korxonalari, kombinat tasarrufidagi kollejlar hamda Toshkent davlat texnika universiteti va MISiS Olmaliq filiali jamoalari oʻzaro bellashishdi.

Bellashuvda jamoalar jamoa nomlari emas, maxfiy tartib raqamlari ostida qatnashishdi. Yaʼni qaysi raqam ostida qaysi jamoa oʻynayotganligini jamoaning oʻzidan boshqa hech kim bilmadi. Faqatgina soʻnggi 30-savoldan soʻng jamoalar oʻz raqamlarini hakamlarga oshkor qilishdi.

Bahs yakunida Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi yoshlari birinchi, Sanoat temiryoʻl transporti boshqarmasi jamoasi ikkinchi, Avtomobil transport boshqarmasi vakillari uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, “Yoshlar Ittifoqi kubogi“ sovrindori boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?