Olmaliqda milliy kinofilmlar festivali oʻtkaziladi

09:41 23 Avgust 2019 Madaniyat
124 0

23-24-avgust kunlari soat 17:30 da Olmaliq shahridagi “Metallurg” sanʼat saroyida milliy kinofilmlar festivali oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Festival soat 17:30 da boshlanadi. Bu haqda Toshkent viloyat matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilayotgan badiiy filmlar bilan respublika aholisini yanada yaqinroq tanishtirish, keyingi yillarda ishlab chiqarilgan filmlar targʻibotini amalga oshirish maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan milliy kinofilmlar festivali oʻtkaziladi.

Festivalda milliy kinofilmlar namoyish etiladi va koʻplab taniqli kino yulduzlari ishtirok etishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?