Olmaliqda marixuana qovurayotgan fuqarolar ushlandi

21:29 05 Sentyabr 2020 Jamiyat
237 0

2020-yilning 1-sentyabr kuni Olmaliq shahrida IIO xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, 34 yoshli X.A. va 25 yoshli B.U., «Zarya» uyushmasi 3-koʻchasida joylashgan B.U., ga tegishli dala-hovlida 675 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini qozonda qovurayotganliklari aniqlangan. Bundan tashqari, qozon oldidan 1 kg. 251 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (Giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. B.U. va X.A. lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?