Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi

11:10 16 Avgust 2019 Jamiyat
124 0

Rahimov Usmon Ismoilovich 2019-yilning 15-avgustidan Olmaliq shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati, Nurafshon shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Usmon Rahimov 1999-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Ish faoliyatini “Tashneftgazqurilish” aksiyadorlik jamiyati “Payvandqurilishmontaj” unitar korxonasi ishlab chiqarish va texnika boʻlimi muhandisi vazifasidan boshlagan.

Faoliyati davomida texnika boʻlimi boshligʻi, texnik taʼminot boʻlimi boshligʻi, bosh mexanik, direktor oʻrinbosari, direktor, Toshkent viloyat hokimining sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, viloyat hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.

2018-yilda Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi vazifasiga tayinlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?