Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga yangi rahbar tayinlandi

12:46 01 Avgust 2018 Iqtisodiyot
728 0
Foto: "Xalq so'zi"

Abdullo Xalmurodovich Xursanov “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi – bosh direktori etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Xursanov kombinatning endilikda sobiq rahbari Aleksandr Farmonov o‘rnini egallaydigan bo‘ldi. Hozircha Farmonov qaysi ishga o‘tgani borasida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, A. Xursanov bunga qadar “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi – bosh direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

“O‘zbekiston mettalurgiya kombinati” AJ boshqaruvining raisi – bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida Toxirjon Tursunboyevich Azamatov tayinlandi.

T. Azamatov shu kunga qadar “O‘zbekiston mettalurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?