Olmaliq KMK oʻz telekanalini ishga tushiradi

14:22 25 Iyun 2019 Jamiyat
257 0

Illyustrativ foto

Shu paytgacha Oʻzbekistonda hech bir yirik korxona oʻz xususiy telekanaliga ega emas edi. OKMK bu borada birinchi boʻladi.

Gap shundaki, yaqin kunlarda Olmalikda OKMKning yangi telekanali oʻz faoliyatini boshlaydi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.

“OKMK TV” yangi telekanali boʻsh joydan paydo boʻlmadi, bizda hozir “Olmaliq TV” telestudiyasi faoliyat yuritmoqda. U haftasiga ikki marta — shanba va yakshanba kunlari shahrimiz boʻylab qisqa muddatga efirga chiqadi. Unda hafta davomida kombinat va shahar hayotida roʻy bergan muhim voqealar haqida xabar qilinadi”, - deydi yangi telekanal bosh muharriri Umida Qarshiboyeva.

“Biz hamisha rivojlanishni xohlaganmiz va telestudiya bosqichidayoq bu juda kamligini tushunib yetgan edik, shu bois oʻz telekanalimizni ochishga qaror qildik. Oʻz rejalarimizni kombinat rahbariyatiga yetkazganimizda, u yerda mazkur gʻoyani qoʻllab-quvvatlashdi. Lekin shoshmaslikni va SFI Management Group XK ishonchli boshqaruvchisi qarorini kutish kerakligini aytishdi”, - deya qoʻshimcha qiladi U. Qarshiboyeva.

Ekspertlar guruhi boʻlajak koʻrsatuvlar, istiqboldagi rejalar, barcha, jumladan, ancha qimmat turadigan asbob- uskunalarga ketadigan sarf-xarajatlarni batafsil tuzib chiqishdi.

Muassislar esa telekanalni tashkil etishga ruxsat berishdi. Oʻz navbatida telekanal, “Za svetnыye metallы” koʻp adadli gazetasi va radiostansiya joylashadigan media-markaz uchun yangi bino qurilishini moliyalashtirishni ham vaʼda qildilar.

“Ayni paytda litsenziya masalasi hal etilyapti, kanalimiz test rejimida translyatsiya qilinmoqda. Lekin biz, ayniqsa, Olmaliq ahli yangi telekanal telekoʻrsatuvlarini intiqlik bilan kutishmoqda. Dastlab u 12 soatli uzatish setkasida raqamli formatda har kuni efirga chiqadi. Unda OKMK yangiliklari, shahrimizda oʻtadigan sport va madaniy tadbirlar, reklama bloklari qamrab olinadi. Koʻrsatuvlarning 25 foizi yoshlarga bagʻishlanadi. Ularni korxonamiz Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda tayyorlaymiz”, - deya taʼkidladi bosh muharrir.

U telekanalning asosiy maqsadi aholiga raqamli tarzda qiziqarli kontentni bepul taqdim qilish ekanligini qayd etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?