Olmaxondan tayyorlangan taom inson hayotiga zomin boʻldi

14:19 23 Oktyabr 2018 Lifestyle
644 0

AQSHning Nyu-York shtati Rochester shahrilik 61 yoshli fuqaro olmaxon miyasidan tayyorlangan taomni isteʼmol qilganidan soʻng kam uchraydigan kasallikni oʻziga yuqtirib olib, hayotdan koʻz yumdi.

livescience.com manbasi xabarida keltirilishicha, ushbu ovqatni tanovul qilgan erkak kishining dastlab xotirasi xiralashgan, keyin esa gapirish va harakatlanish layoqatini yoʻqotgan. Shifoxonaga olib kelingandan bir necha kun oʻtib vafot etgan.

MRT tekshiruvlari shuni koʻrsatdiki, bemorda (Kreytsfeldt-Yakob(CJD)) prion oqsillari faoliyati buzilishi tufayli miyaning ishdan chiqishi kasalligiga oʻxshash alomatlar aniqlangan.

Tarixda dunyoda CJD bilan bogʻliq yuzdan ortiq holat kuzatilgan. Ularning koʻpchiligi Buyuk Britaniyada 80-90-yillarda mol goʻshti isteʼmol qilinishi oqibatida kelib chiqqan.

Rochesterlik qurbonning bu boradagi tarixi ham gʻalati. Qarindoshlarining aytishicha, u ov qilishni yaxshi koʻrgan va salomatligi yomonlashishidan oldin olmaxon miyasidan tayyorlangan taomni isteʼmol qilgan.

Maʼlum qilinishicha, CJD tez rivojlanuvchi va boz ustiga aniqlash qiyin boʻlgan kasallikdir. Unga aniq tashxisni bemor oʻlimidan keyingina qoʻyish mumkin. U davosi yoʻq dard hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?