Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan bokschiga “Neksiya-3” sovgʻa qilindi

12:06 14 Mart 2020 Sport
287 0

Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov Fargʻona viloyatida katta tantana bilan kutib olindi. Bu haqida Fargʻona viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

– Yaponiyada oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilishdek baxtga muyassar boʻlganimdan xursandman, – deydi Mirazizbek. – Ustozim Bahodir Erkayev va boshqa murabbiylarim sabab, bir sportchi orzu qiladigan barcha musobaqalarda gʻolib boʻldim. Faqatgina Olimpiya oʻyinlarining oltin medali qoldi. Bu esa mening eng katta orzuim. Nasib etsa, Prezidentimiz, xalqimiz va murabbiylarim ishonchini oqlab, Olimpiya oʻyinlarida ham gʻalaba qozonaman. Bu uchun biz sportchilarda barcha imkoniyat bor.

Fargʻona davlat universitetining oʻyingohida boʻlib oʻtgan tadbirda unga ehtirom koʻrsatildi. Viloyat hokimligi vakillari va rasmiylar Mirazizbekni gʻalaba bilan qutlab, unga “Neksiya-3” avtomashinasining kalitini topshirishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?