Olimpiada saralashi boshlanmoqda: Osiyo chempionatida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi maʼlum boʻldi

19:11 02 Aprel 2019 Sport
478 0

16-27 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etadi.

Xalqaro boks qoidalariga binoan janglar oʻntadan (erkaklar – 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91, +91 kg), (ayollar – 48, 51, 54, 57, 60, 64, 69, 75, 81 kg ) vazn toifasida oʻtkaziladi.

Qitʼa birinchiligiga delegatsiyamiz quyidagi tarkibda yoʻl oladi:

Erkaklar:
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- 52 kg: Hasanboy Doʻsmatov 
- 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov 
- 60 kg: Shukurjon Rahimov
- 64 kg: Shunqor Abdurasulov 
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov 
- 75 kg: Isroil Madrimov 
- 81 kg: Dilshodbek Roʻzmatov 
- 91 kg: Sanjar Tursunov 
+ 91 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:
- 48 kg: Fotima Tursunboyeva
- 51 kg: Farangiz Hoshimova
- 54 kg: Tursunoy Rahimova
- 57 kg: Yodgoroy Mirzayeva 
- 60 kg: Rayxona Qodirova
- 64 kg: Maftuna Meliyeva 
- 69 kg: Shahnoza Yunusova
- 75 kg: Mavluda Mavlonova 
- 81 kg: Eʼzoza Meliyeva

Taʼkidlash joiz, Osiyo chempionatida bokschilar medallar bilan birga joriy yilning sentabr-oktabr oylarida Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga beriladigan yoʻllanmalar uchun ham kurash olib borishadi. Jahon chempionati esa, oʻz navbatida Olimpiya oʻyinlari litsenziyalari oʻynaladigan musobaqa hisoblanadi. Shu bois, mamlakat federatsiyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari Bangkokka joʻnab ketadigan tarkibni shakllantirishda barcha vazn toifalari boʻyicha 1-raqamli sportchilarni, yaʼni Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritish uchun asosiy daʼvogar charm qoʻlqop ustalarini saralab olishga eʼtibor qaratishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?