Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan fargʻonalik paralimpiyachiga "Neksiya-3" sovgʻa qilindi.

14:31 08 May 2020 Sport
709 0

Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan XVI Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Fargʻona viloyatidan sportchilar soni yana bittaga koʻpaydi.

Tokioda boʻlib oʻtadigan XVI Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma (litsenziya) beruvchi Jahon va Xalqaro musobaqalar “Сovid-19” epidemiyasi tufayli oʻtkazilishi zarur boʻlgan musobaqalar qoldirilgan edi. Shu sababli sportchi Azizjon Ibragimovga avval qatnashgan musobaqalardagi yuqori natijalari inobatga olinib, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi tomonidan ushbu sportchiga 2021-yil Tokioda boʻlib oʻtadigan XVI Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanma berildi.
 

Paralimpiya sportchisi Aziz Ibragimov 2017-yil Polsha davlatida boʻlib oʻtgan Xalqaro gran-pri turnirida sportning paraoʻqotish turidan 234 ta raqib sportchilar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari, 2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 2019-yil Avstraliya davlatida paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanma (litsenziya) beruvchi xalqaro musobaqada 4-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Hozirda karantin tufayli Fargʻona shahridagi oʻz xonadonida karantin talablariga rioya etgan holda murabbiysi tomonidan tashkil etilgan masofaviy oʻquv-mashgʻulotlarda ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi shundaki, Fargʻona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Paralimpiya assotsiatsiyasi Fargʻona viloyati boʻlimi hamkorligida sportchiga “Neksiya 3” avtomashinasi sovgʻa qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?