Olimpiada chempioni Fazliddin Gʻoibnazarov professional boksda yana gʻalaba qozondi

09:54 17 Dekabr 2019 Sport
914 0

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan Fazliddin Gʻoibnazarov (8-1, 5 KO) uzoq tanaffusdan soʻng ringga qaytishini ajoyib gʻalaba bilan nishonladi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Qozogʻistonning Almati shahrida kechgan boks oqshomida u ukrainalik Vladislav Baranovga (6-6-2, 4 KO) qarshi ringga chiqib, birinchi raundning 1:24 soniyasi ortda qolganda raqibini texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratdi. Bu natija orqali Gʻoibnazarov professional boksdagi gʻalabalari sonini 8taga yetkazib oldi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta u may oyida Maykal Foksga (21-1, 5 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?