Olimlar tomonidan suyak saratonini samarali davolovchi asbob yaratildi

11:16 29 Yanvar 2020 Dunyo
154 0

Foto: Фото: tusur.ru

Tomsk davlat universiteti tibbiy materiallar laboratoriyasida tadqiqotchilar “PromEl” kompaniyasi bilan hamkorlikda suyak saratonini davolashga imkon beradigan “Feniks-2” qurilmasini ishlab chiqishdi va sinovdan oʻtkazishdi. Bu haqda universitet matbuot xizmatiga tayanib “ukranews.com” xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, “Feniks”dan foydalanganda suyaklarning mustahkamligi saqlanib qoladi, bu esa ularning quvvatini saqlab qolish bilan birga sinish xavfini kamaytiradi.

“Uning ishlatilishi bilan kimyoterapiya preparatining dozasi ikki baravar kamaytirildi, metastazning oʻsish jarayonini toʻxtatish esa 3 baravarga koʻpaydi”, deya taʼkidlashmoqda mutaxassislar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?