Olimlar tomonidan sogʻliqni nazorat qiluvchi “aqlli” paypoqlar yaratildi

11:37 07 May 2020 Dunyo
218 0

foto by: Google

Novosibirskdagi Akademgorodok (Rossiya) texnoparkida yashovchilar tana harorati va sogʻliqning boshqa muhim koʻrsatkichlarini kuzatib boradigan “aqlli” paypoqlarni ixtiro qilishdi.

Bu haqda loyiha rahbari va “NeuroTerm” mahsuloti yaratuvchisi Yelena Rusakova muxbirlarga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Agar odamda oyoqlarning gipotermiyasi boʻlsa, demak, bu sogʻliq uchun muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, buyrak kasalliklari kabi. Bizning “aqlli” paypoqlarimiz esa oyoqlarni juda past haroratdan himoya qilishga yordam beradi. Bunda esa inson tanasi uchun qulay boʻlgan haroratni ushlab turishga yordam beradigan elektronika (ishlatilgan materiallarning oʻziga xos xususiyatlari va organizm uchun mavjud boʻlgan resurslarning ishga tushirilishi) yordamga keladi”, deydi Rusakova.

Novosibirsklik ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanayotgan paypoqlar, Rusakovaning taʼkidlashicha, oyoqning maxsus qismlarida harakat qiladi, shu yoʻl bilan ularning haroratini ushlab turish uchun javob beradigan mexanizmlarni ishga tushiradi. Oyoqlarning haroratini doimiy ravishda kuzatib borish tufayli esa ularni gipotermiyadan asrash mumkin boʻladi. “Aqlli” paypoq qon aylanish tizimi bilan bogʻliq muammolari mavjud, shuningdek, immuniteti pasaygan kishilar uchun ayniqsa qoʻl keladi.

Qayd etilishicha, “aqlli” paypoqlar orqali toʻplangan maʼlumotlar foydali tibbiy maslahatlar berishi mumkin boʻlgan oʻz-oʻzini oʻrganish tizimi tomonidan qayta ishlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?