Olimlar: Til bilish miya qarishini sekinlashtiradi!

20:37 31 May 2020 Lifestyle
296 0

Maʼlumki, doimiy faoliyati boʻlmagan katta yoshli insonlarning miyasi ertami-kechmi qariy boshlaydi. Ammo olimlar ushbu jarayonning oldini olish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqladi. Ularning fikriga koʻra, ikki tilning muntazam qoʻllanilishi miyani faol boʻlishga undaydi va qarishning oldini oladi.

Miya qarishi borasida olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, olimlar ingliz va xitoy tilida soʻzlashuvchi 60 yoshdan 84 yoshgacha boʻlgan keksalarni tanlab olishdi. Soʻngra ulardan bir nechta kompyuterlashtirilgan vazifalarni bajarish talab etildi.

Ishtirokchilarga 4 xil vazifa topshirilgan boʻlib, ular aynan ikki til bilan bogʻliq edi. Olimlar qariyalarning harakati hamda maʼlumotlarni qayta ishlash tezligini nazorat qilib borishdi.

Tahlil natijasiga koʻra, kundalik hayotda ikki tildan foydalanish miya faoliyatiga samarali taʼsir qilishi isbotlandi. Dunyo miqyosida olib borilgan tekshiruvlardan xulosa shuki, ikki tilda soʻzlashish miya qarishini kechiktiruvchi omil sanaladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?