Olimlar sun’iy ong yordamida futbol bo‘yicha jahon chempioni kim bo‘lishini aniqlashdi

10:52 19 Iyun 2018 Sport
1022 0

Olimlar sun’iy ong yordamida futbol bo‘yicha jahon chempioni kim bo‘lishini aytishdi, deb yozadi MIT Technology Review.

Mutaxassislar Andreas Groll(Dortmund universiteti), Kristof Ley va Xans van Esetved(Gent universiteti) hamda Gyunter Shauberger(Myunxen texnika universiteti) o‘tgan jahon chempionatlaridagi natijalarni tahlil etib, prognoz qilishning bir necha usullari asosida mundialning mutlaq favoritini aniqlashdi.

Xususan, bu borada iqtisodiy, sport, jamoaviy va murabbiy omiliga bog‘liq, umuman, 16 yo‘nalishdagi ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, ular mashinaviy o‘rganish(random forests) algoritmidan o‘tkazildi, Puasson modeli yordamida ortga qaytish va tasniflash usullari asosida o‘rganildi.

Pirovardida 28 sahifalik ilmiy ish yuzaga keldi. Unga ko‘ra, bu yilgi jahon chempionatida g‘olib bo‘lish bo‘yicha eng katta koeffitsiyent Ispaniyaga nasib etdi – 17,8 foiz. Keyingi o‘rinlardan Germaniya(17,1) va Braziliya(12,3 foiz) joy oldi.

Qiziqarli tomoni, birinchi holatda ehtimoli bor raqiblar inobatga olinmadi. Agar bu borada daraxt shoxlari shaklidagi haqiqatga yaqin ssenariy tuzilsa, u holda Germaniya terma jamoasi birinchi o‘rin egasiga aylanadi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, agar Ispaniya faqat Germaniya bilan to‘qnash kelib qolmasagina muvaffaqiyat qozona oladi. Ushbu ma’lumotga ega bo‘lish uchun turnirga oid 100 mingta simulyatsiya o‘tkazildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?