Olimlar saraton kelib chiqishining eng asosiy sabablarini ma’lum qilishdi

15:43 01 May 2018 Dunyo
1077 0
Foto: vistanews.ru

Buyuk Britaniyaning London va Lids universitetlari olimlari tomonidan saraton kelib chiqishining eng asosiy sabablarini ma’lum qilindi. 
Ilmiy tadqiqot natijalari “European Journal of Cancer” ilmiy nashrida chop etildi.

Mutaxassislar buni aniqlash uchun o‘ziga xos so‘rov o‘tkazishdi. Tadqiqotda 1330 nafar fuqaro ishtirok etdi. Respondentlarning 43 foizi saraton siqilishdan, 40 foizi esa kasallikni oziq-ovqat qo‘shimchalari keltirib chiqaradi, degan fikrni bildirdi. Ishtirokchilarning 35 foizi elektr to‘lqinli nurlanish mazkur xastalikni chaqirishini aytib o‘tgan. Shundan 19 foizi mikroto‘lqinli pechlardan foydalanishni zarar, deb hisoblaydi. 

Saratonga chalinmaslik uchun qatnashchilarning 35 foizi geni modifikatsiyalangan taomlar iste’mol qilmasligi, 15 foizi esa plastik idishdan suv ichishda qo‘rqishini qayd etgan. 

Doktor Semyuel Smitning aytishicha esa, o‘sma kasalliklarini keltirib chiqaruvchi eng asosiy omillar quyoshda me’yoridan ortiq yurish va chekishdir. Respondentlarning mos ravishda 60 va 88 foizi buni bilishi ma’lum bo‘ldi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?