Olimlar: plastmassa idishlar insonlarda jiddiy kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin

18:27 20 Fevral 2020 Lifestyle
379 0

Illyustrativ surat

Missuri universiteti olimlari plastmassa idishlar tarkibidagi bisfenol A moddasi (odatda, oq rangdagi granulalar koʻrinishidagi kimyoviy modda) boʻlmagan plastmassa idishlar zararli kimyoviy moddalarni oʻz ichiga olgan analoglar singari inson salomatligiga tahdid solishini aniqlashdi. Ushbu tadqiqot natijalari MedicalXpress tomonidan eʼlon qilindi.

Tadqiqotchilar bisfenol A oʻrnini bosuvchi bisfenol S(BPS)ning sichqonlarning yoʻldoshiga taʼsirini oʻrganishdi va shu bilan kimyoviy moddalarning homilador onalarga hamda ularning tugʻilmagan bolalariga taʼsirini kuzatishdi.

Maʼlum boʻlishicha, onaning qonidagi BPS homilaga platsent orqali oʻtadi. Platsent esa embrionda miya rivojlanishi uchun zarur boʻlgan serotoninning asosiy manbai hisoblanadi va unga tushadigan kimyoviy moddalar tugʻma nevrologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Olimlarning taʼkidlashicha, BPS yoʻldoshdagi serotonin miqdorini pasaytiradi. Bisfenol A, oʻz navbatida, saraton, semirib ketish, bepushtlik kabi gormonal kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?