Olimlar: Koronavirus nerv tizimini ham zararlashi mumkin

22:14 11 Aprel 2020 Dunyo
307 0

Yangi koronavirus faqatgina isitma, yoʻtal va nafas olishning qiyinlashishi singari shikoyatlarni emas, balki nevrologik belgilarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Xitoylik olimlar ana shunday demoqda.

Olimlarning tadqiqot natijalari “JAMA Neurolog” nomli ilmiy jurnalda chop etildi. Tadqiqotdan maʼlum boʻlishicha, koronavirusga chalingan 214 bemorning uchdan bir qismida nerv tizimi zararlangan. Bu bemorlar asosan bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, hid va taʼm bilishning yoʻqolishidan shikoyat qilgan.

Koronaviruslar oilasiga mansub SARS va MERS singari kasalliklarning ham nerv tizimiga zarar berishi aniqlangan. Har ikki kasallikda ham virus burun boʻshligʻidagi hid sezish nervlari orqali bosh miyaga yetib borgani isbotlangan.

Shuning uchun olimlar nevrologik belgilari bor bemorlarni ham bu kasallikka tekshirish kerakligini aytmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?