Olimlar koronavirus alomatlarini aniqlaydigan “aqlli niqob” yaratishdi

19:20 11 Sentyabr 2020 Dunyo
399 0

Foto: straitstimes.com

Singapurlik olimlar koronavirus infeksiyasi alomatlarini qayd etib boruvchi maxsus datchiklar tizimini ishlab chiqishdi.

“Straits Times” nashri xabariga koʻra, kashfiyot insonning tana harorati, qonning kislorod bilan toʻyinganligi, arterial bosimi hamda yurak urishini oʻlchab boradi va toʻplangan maʼlumotlarga asoslangan holda “Covid-19” bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Uni har qanday niqobga oʻrnatilishi mumkin.

Polimer qoplamali sensorlardan iborat qurilmada maʼlumotning smartfonga uzatilishiga yordam beruvchi “Bluetooth” signal uzatuvchi ham mavjud.

Izohlanishicha, qurilma koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda kasalxonalarda faoliyat olib boruvchi tibbiyot xodimlariga yordam berish maqsadida yaratilgan. U tibbiyot xodimlariga “Covid-19” bilan kasallangan bemorlarning koʻrsatkichlarini masofadan kuzatish imkonini bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?