Olimlar: Insoniyatga koʻrlik epidemiyasi xavf solmoqda. Bunga gadjetlar sabab boʻlishi mumkin

15:22 17 Fevral 2020 Lifestyle
436 0

Illyustrativ surat

Ispaniyalik olimlarning taʼkidlashicha, zamonaviy avlod bir necha yil ichida global koʻrish qobiliyatini yoʻqotish muammosiga duch kelishi mumkin.

Bu haqda belnovosti.by yozmoqda. Mutaxassislarning fikriga koʻra, bu gadjetlar bilan bogʻliq. Hozirgacha ekran nurining insonga qanday taʼsir koʻrsatgani nomaʼlum edi. Ammo koʻzga qanday taʼsir qilishi aniq boʻldi.

Olimlar laboratoriya kalamushlarida tadqiqotlar oʻtkazishdi. Muntazam ravishda ularning koʻzlariga smartfonlarning nurlanishiga oʻxshatib yaratilgan qurilma tushirib turildi.

Shunday qilib, uch oydan keyin hayvonlar koʻrish qobiliyatini yoʻqota boshlashdi. Bundan tashqari, ularda koʻz kasalligi — katarakta ham rivojlandi.

Ekran odamga xuddi shunday taʼsir qiladi. 15 yildan keyin birinchi marta mobil va noutbuklardan foydalanishni boshlagan katta avlod muammolarga duch kela boshlaydi. Va keyinchalik bu butun insoniyatga taʼsir qiladi.

Ayni paytda mutaxassislar bunga qarshi choralar ustida izlanishlar olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?