Olimlar grippga qarshi emlanishning kutilmagan ijobiy xususiyatini aniqlashdi

14:14 21 Noyabr 2020 Dunyo
323 0

Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi oʻtkazilgan izlanishlar natijasiga koʻra, grippga qarshi emlanish yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlim xavfini kamaytirishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, grippga qarshi emlangan yurak-qon tomir xastaliklariga ega insonlar grippga qarshi emlanmaganlarga nisbatan 18% kamroq vafot etishgan.

Shuningdek, grippga qarshi emlangan odamlarda yurak bilan bogʻliq muammolarga duch kelish xavfi 13 foizga, boshqa kasalliklardan oʻlish xavfi esa 28 foizga kam koʻrsatkichni tashkil etgan.

Taʼkidlanishicha, izlanish davomida olimlar jami 237 mingdan ortiq odamlarning maʼlumotlarini metatahlil usuli yordamida tekshirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?