Olimlar: “Yerni tahqirlashni bas qiling”

11:01 06 Avgust 2019 Dunyo
219 0

Bir guruh olimlar insoniyatni Yer yuziga cheksiz zarar yetkazayotganlikda ayblab chiqdi, deb xabar berdi Bi-bi-si..

Ularga koʻra, odamzod tuproq quvvatini tortib olmoqda, sahrolarni kengaytirmoqda, oʻrmonlarni yoʻq qilmoqda va yovvoyi hayvonot olamiga azob keltirmoqda.

Olimlar hozirda mavjud qishloq xoʻjaligi usullarini ham qattiq tanqid qilgan.

Ular yerlarni dehqonchilik uchun oʻzlashtirishni kamaytirish lozimligi va tabiiy oʻsimliklar bilan qoplangan ulkan yer maydonlari iqlim oʻzgarishining oldini olishda eng maqbul usullardan biri ekanini taʼkidlamoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?