Olimlar COVID-19 vaksinasini maymunlarda sinovdan oʻtkazdi

10:52 16 May 2020 Dunyo
327 0

Foto: Rambler

AQSH va Buyuk Britaniya olimlari makaka — maymunlarda COVID-19 ga qarshi eksperimental vaksinani muvaffaqiyatli sinab koʻrdi. Ushbu tadqiqot natijalari bioRxiv saytida eʼlon qilingan.

Mazkur vaksina maymunlarni koronavirusga chalinish oqibatida yuzaga keluvchi pnevmoniya rivojlanishidan himoya qilgani aniqlandi.

“Biz ChAdOx1-nCoV-19 vaksinasining bitta dozasi SARS-CoV-2 yuqori dozasi kiritilganda oʻpka kasallanishining oldini olishda samarali ekanligini koʻrsatdik. Shuningdek, vaksina makaka-rezuslarni pnevmoniya rivojlanishidan himoya qilganligini koʻrsatdi”, — deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning taʼkidlashicha, vaksina dastlab sichqonlarda sinab koʻrilgan, shundan soʻng biologlar uni makaka-rezuslarda sinab koʻrishga qaror qilishdi.

Tadqiqot davomida ChAdOx1-nCoV-19 vaksinasi koronavirusning barcha belgilarining toʻliq toʻplamini boshdan kechirgan oltita primatga yuborilgan, soʻng olimlar hayvonlarda antitanalar ishlab chiqarilishini 14 kundan 28 kungacha kutgan. Shundan keyin esa tadqiqotchilar makakalarni haqiqiy virus bilan kasallantirishga uringan.

Hayvonlarga SARS-CoV-2 virusi kiritilganidan 7 kun oʻtgach, olimlar vaksina virusning maymunlar oʻpkasiga kirishdan toʻliq himoya qilgani, ular hech birida oʻpka patologiyasi yoki virusli pnevmoniya kuzatilmaganiga guvoh boʻlishgan. Bundan tashqari, birorta ham makaka oʻpkasida SARS-CoV-2 koronavirusi antigeni topilmagan.

Taʼkidlanishicha, vaksinaning muvaffaqiyatli sinovida mingdan ortiq koʻngillilar ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?