Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida “Study in Uzbekistan” (“Oʻzbekistonda tahsil ol”) PR-markazi tashkil etiladi

14:36 20 Aprel 2019 Jamiyat
400 0

PR-markazining asosiy vazifalari:

jahon axborot makonida Oʻzbekistonning oliy taʼlim sohasidagi ijobiy imijini shakllantirish, ilgari surish, taʼlim sohasidagi salohiyatini targʻib qilish, axborot materiallarini tayyorlash va boshqalar;

Tashqi ishlar vazirligi tashkil etilishi koʻzda tutilgan PR-markazi bilan birgalikda xorijlik fuqarolarni Oʻzbekistonda taʼlim olishga keng jalb qilish uchun doimiy targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;

diplomatik vakolatxonalar tomonidan PR-markaz bilan Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari kunlarini tashkil qilish, mahalliy oliy taʼlim muassasalarini faol reklama qilish, taqdimotlar oʻtkazish, axborot materiallari tarqatish va boshqalardan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?